Skip to content

Changelog✈️ ​

Gateway’dagi barcha muhim o‘zgarishlar ushbu faylda hujjatlashtiriladi.

Har bir reliz bilan birga yangi yangilanishlar, yaxshilanishlar va tuzatishlar shu yerda e’lon qilinadi.

Gateway yangilanishi ​

To'lov gateway'i yangi dvigatelda qayta qurildi. Endpoint yo'llari, so'rov maydonlari va muvaffaqiyatli javob strukturasi o'zgarmadi. Quyidagilar mijoz kodiga ta'sir qilishi mumkin — qolgani yaxshilanish.

⚠️ E'tibor talab qilishi mumkin ​

  • Autentifikatsiya xatosi 403 → 401. Kredensial yuborilmaganda yoki noto'g'ri bo'lganda status kodi endi 401. Agar if status == 403 tekshirsangiz, 401 ni ham qo'shing (eng yaxshisi: if status in (401, 403)).
  • Javob doim result va error ikkovini o'z ichiga oladi. Ilgari ba'zi endpointlar faqat bittasini qaytarardi. Endi: muvaffaqiyat → {"result": {...}, "error": null}, xato → {"result": null, "error": {...}}. Agar if "error" in response tekshirsangiz, if response["error"] is not None ga o'ting. (Istisnolar tekis qoladi: oauth2/token/, oauth2/revoke/, onboarding/.)
  • Protsessing xatolari endi aniq error.code qaytaradi. Ilgari rad etilgan to'lov ko'pincha processing_error bilan birga message/data da xom protsessing kodi/matnini qaytarardi. Endi aniq unified kod qaytadi — masalan insufficient_funds, card_expired, limit_exceeded, do_not_honor, lost_card va h.k., inglizcha xabar bilan. Xom provayder kodi/matni endi ochilmaydi. Xato kodlari ga qarang. Agar processing_error ni tekshirsangiz, aniq kodlarni ham qo'shing.

Yaxshilanishlar ​

  • error.code doim kichik harfda.
  • Provayderlar bo'ylab unifikatsiyalangan xatolar. UzCard / Humo / Paynet / boshqa provayderdagi bir xil holat bitta error.code va aniq inglizcha message ga keltiriladi. Servisga to'lov xatolari endi error.data da provayder raqamlari/matnini oshkor qilmaydi.
  • Ilgari 500 qaytargan ba'zi holatlar endi kod bilan to'g'ri 400 qaytaradi.
  • Noma'lum manzillar va noto'g'ri HTTP metodlar endi standart {result, error} formatida qaytadi.
  • So'rov tanasi hajmi cheklovi: 64 KB (payload_too_large).

Yangi xato kodlari ​

  • OFD / fiskalizatsiya: ofd_commitent_or_subcommission_not_active — chek pozitsiyasining komitenti (TIN) yoki subkomissiyasi (PINFL) OFD katalogida faol shartnomaga ega emas (register va split). data: itemIndex, tin, pinfl.
  • A2C shaxs tekshiruvlari (merchantда is_myid_required / is_pinfl_required yoqilganda): official_profile_required, merchant_user_myid_not_verified, pinfl_check_required, pinfl_not_match.
  • A2C PAN orqali endi uses_a2c_by_pan ruxsatini talab qiladi — yoqilmagan bo'lsa permission_denied qaytaradi.

To'liq, kategoriyalangan ro'yxat Xato kodlari sahifasida.