Cancel Webhook
Tranzaksiya bekor qilinganda merchantga yuboriladigan webhook
Umumiy ma’lumot
Tranzaksiya ikki usulda bekor qilinishi mumkin:
- client o‘zi Paylov business panel orqali bekor qiladi
- Paylov processing xodimlari tomonidan bekor qilinadi
Ikkala holatda ham Paylov merchant endpoint'ingizga transaction.cancel webhook yuboradi.
Eslatma
Webhook qabul qilish uchun avval webhook URL, username va password Paylov tomonida merchantingizga biriktirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni Paylov’ga yuboring — ular biriktirilmaguncha webhook yuborilmaydi.
Request details
Method:
POST
URL: webhook URL'ingiz
Header:
Authorization: Basic base64(username:password)
Content-Type: application/jsonSo‘rov JSON-RPC 2.0 notification formatida yuboriladi.
Request example
{
"jsonrpc": "2.0",
"method": "transaction.cancel",
"params": {
"transaction_id": "9b3bd7be-9327-4608-b886-4353e49df05f",
"status": "cancelled",
"account": {
"order_id": "12345"
},
"amount": 1500,
"amount_in_tiyin": 150000,
"cancel_time": 1767162243
}
}Params
| Field | Type | Description |
|---|---|---|
transaction_id | string | Paylov tranzaksiya ID si |
status | string | Har doim cancelled |
account | object | Tranzaksiya yaratilganda yuborilgan account maydonlari |
amount | integer | Summa so‘mda (faqat butun qismi) |
amount_in_tiyin | integer | Summa tiyinda. Aniq summa uchun shu maydondan foydalaning |
cancel_time | integer | Bekor qilingan vaqt, Unix timestamp (sekund) |
Expected response
Istalgan HTTP 2xx status kodini qaytaring. Response body tekshirilmaydi.
Qayta yuborish
Endpoint'ingiz 2xx bo‘lmagan status qaytarsa yoki javob bermasa (ulanish timeout 5s, o‘qish timeout 30s), webhook 60 sekund oraliq bilan 3 martagacha qayta yuboriladi. Bitta webhook bir necha marta kelishi mumkin — takrorlarni transaction_id orqali aniqlang.